
Foto: «Zarnews»
Samarqanddagi Sartepa maskanida o‘z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan asli qashqadaryolik Mohira (ismi o‘zgartirilgan) ismli ofitsiant qiz bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan, deya xabar beradi «Zarnews».
U oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to‘rtta uzugini o‘g‘irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o‘mara boshlagan.
Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o‘ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o‘zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo‘lgani tufayli unga sovg‘alar berayotgani bilan izohlagan.
U bir oy davomida bu uydan o‘g‘irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so‘mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo‘g‘i 20 million so‘mga pullagan.
Ayni paytda ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar