4 121
Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga poyezd chiptalari uchun chegirmalar joriy qilindi
Uzoq masofalarda harakatlanuvchi poyezdlarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berishicha, yo‘lovchilar Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tadigan xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin.
Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo‘yicha quyidagilar belgilanadi:
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 45 foiz;
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 35 foiz;
- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oralig‘ida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 25 foiz.
Poyezd jo‘nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo‘nalishlarda joriy etilmaydi.
Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «Qazakstan temir jo‘li milliy kompaniyasi» AJ, «Rossiya temir yo‘llari» OAJ temir yo‘li ma’muriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hozirda yo‘lovchi poyezdlari Toshkent—Moskva, Andijon—Moskva, Toshkent—Qozon, Toshkent—Urganch—Volgagrad, Toshkent—Urganch—Moskva, Toshkent—Urganch—Saratov, Toshkent—Novosibirsk, Toshkent—Ufa, Toshkent—Chelyabinsk, Toshkent—Olmaota, Nukus—Beyneu hamda Nukus—Olmaota yo‘nalishlarida qatnamoqda. Shuningdek, Toshkent—Bishkek—Baliqchi, Samarqand—Ostona mavsumiy yo‘nalishlari ham mavjud. Bundan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelishuv asosida O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi Kulob—Moskva, Dushanbe—Moskva va Xo‘jand—Moskva yo‘nalishlarida qatnayotgan yo‘lovchi poyezdlariga ham xizmat ko‘rsatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin