
Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hokimligi binosi oldida erkak kishi oʻziga oʻt qoʻydi, deb xabar bermoqda “Repost” nashri.
Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor kredit hisobiga qurilgan kafe binosining buzilishga tushganini eshitgach, bir necha oy davomida tuman hokimligiga tushuntirish berishlarini soʻrab kelgan, ammo qabulga kira olmagan. Natijada joriy yil 24 fevral kuni u hokimiyat binosi oldida oʻziga oʻt qoʻygan.
Buning oqibatida u turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar