
Milliarder Alisher Usmonov “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun Namangan viloyatiga 50 million dollar ajratdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.
— Buni bir xamirturush desak ham boʻladi. U kishi Namanganda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ham qurib beradi. Dunyoga mashhur tadbirkor oʻziga oʻxshash yoshlarni tarbiyalashda yordam beradi. Buning uchun xorijdan mutaxassislar taklif etiladi, — dedi davlat rahbari.
Prezident iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida Namangan viloyatidagi har bir tumanga 25 milliard soʻmdan ajratilishini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar