Mudofaa vazirligi togʻ tayyorgarligi oʻquv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari oʻtkazildi. Yigʻinning 70-80 foizi amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻlib, oʻta murakkab mashqlar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borildi. Bu haqda Kun.uzʻga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ob-havo injiqliklari Ugom-Chotqol togʻ tizmasida oʻtkazilgan amaliy mashqlarga yana ham noqulay holatlarni keltirdi. Kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tungi paytlarda esa 20 gradusgacha pasaydi. Ana shunday ob-havo sharoiti, buning ustiga tizzadan oshadigan qorda harakatlanish harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini tekshirish uchun jiddiy sinovga aylandi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar changʻi va otish tayyorgarligi, togʻli hududda daryo, jarlik, qoyalar va shu kabi toʻsiqlardan oshib oʻtishda bir qator usul va uslublardan foydalanishdi. Yigʻin davomida ular tabiiy togʻ toʻsiqlaridan oʻtish mashqini bajardi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikdagi togʻ choʻqqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlash va yoʻq qilish mavzusida taktik oʻquvlari oʻtkazildi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ushbu mashgʻulotlar boʻlinmalar oʻrtasida hamkorlikni taʼminlash, harbiy xizmatchilarning oʻta murakkab vaziyatlarda yashovchanlik koʻnikmalari hamda jangovar shayligini muntazam oshirib borishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"