Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo”.
Davlat rahbariga koʻra, hozirda tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, yangi oʻquv yurti uchun hudud tanlanmoqda.
— Prezident maktablarini boshlab oldik, endi navbat universitetga. Bu maktablarga qabul adolatli boʻlishi uchun chet elliklar taklif etiladi. Zehni va oʻqishga ishtiyoqi baland boʻlsa, oddiy odamning bolasi ham albatta oʻqiydi, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev respublikadagi har bir tumanda raqamli texnologiyalar, har bir maktabda esa kompyuter oʻyinlari markazlari ochilishini bildirdi.
—Uy olib bersak eskiradi, kiyim olib bersak toʻziydi. Biroq bolalarga berilgan bilim na eskiydi, na toʻziydi. Shuning uchun ularning ilm olishiga birinchi galda eʼtibor qaratish zarur, — taʼkidladi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi