6 710
Sevara Tursunova: “Islom Abdugʻaniyevich birinchi boʻlgan. Birinchi boʻlish osonmas” (video)
Islom Karimov fondi telejurnalist Sevara Tursunovaning Oʻzbekistonning birinchi prezidenti haqidagi xotiralari hikoya qilingan videolavhani eʼlon qildi.
“Islom Abdugʻaniyevich birinchi boʻlgan. Birinchi boʻlish osonmas. Bu sapyor mina maydonida oʻz hayotini xatarga qoʻyib yurgani bilan barobar. “Islom Abdugʻaniyevich bu maydonni tozalab, biz uchun gullagan bogʻ qoldirdi”, deydi Sevara Tursunova.
Uning soʻzlariga koʻra, Islom Karimov samimiy, oʻz xalqini chin dildan sevgan inson boʻlgan.
“Fargʻona viloyatiga safari chogʻida Islom Abdugʻaniyevich paxta dalasiga tashrif buyurdi. U kishiga hosil haqida, qilingan ishlar haqida soʻzlab berishar, Islom Abdugʻaniyevich esa uzoq-uzoqlarga, besh-olti nafar ayol mehnat qilayotgan tarafga boqqanicha oʻychan turardi. U viloyat rahbarining soʻzlariga eʼtibor qilmasdan, ayollar tomon yurdi va ularga qoʻl silkitib yoniga chorladi. Ayollar u kishi bilan koʻrishishdi, Islom aka ularning qoʻllariga qaradi va “Qoʻlingizga nima boʻldi?” dedi. U kishining koʻzlari namlangan edi. Men u kishiga buni koʻrish qanchalik ogʻir boʻlayotganini koʻrdim”, deb eslaydi telejurnalist.
Sevara Tursunovaning eʼtiroficha, Islom Karimov xalq bilan muloqot qilishni judayam yoqtirgan. “U kishi har bir xorij safari oldidan viloyatlarga borib odamlar bilan uchrashardi.
“Keyin esa samolyotda ketayotganimizda bizga “Xalq bilan suhbatlashish menga kuch beradi, minbarda turganimda koʻz oldimda xalqim, ularning qiyofasi turadi, men xalqim nomidan chiqayotganimni, ularni himoya qilishim, hamma narsani ular uchun qilishim kerakligini bilib turaman” der edi, deb xotirlaydi Tursunova.
Sevara Tursunova koʻp yillar davomida prezident Islom Karimovning matbuot anjumanlari, tashriflari va rasmiy uchrashuvlarini mamlakatning kechki axborot dasturi uchun yoritgan. 2011-2015 yillarda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibining oʻrinbosari vazifasida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi