Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbariyatida kadrlar oʻzgarishi kutilmoqda. Vazir Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan uning oʻrniga bir necha nomzod koʻrib chiqilmoqda, deb yozadi Minbar nashri.
Minbarning Ichki ishlar tizimidagi manbalarining aytishicha, vazir lavozimiga tayinlanishi ehtimoli eng katta nomzodlardan biri hozir Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasini boshqarayotgan general-mayor Gʻayrat Qodirovdir. IIV matbuot xizmati hozircha ushbu maʼlumotni tasdiqlamadi.
Gʻayrat Qodirov militsiyadan chiqqan kadr boʻlib, Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.
Prokuraturadan chiqqan Poʻlat Bobojonov katta ehtimol bilan yana Bosh prokuraturaga qaytishi kutilmoqda. U Otabek Murodovning oʻrniga Oʻzbekiston Bosh prokurori etib tayinlanganligi haqida maʼlumot bor. Hozircha bu maʼlumotni na Bosh prokuratura, na IIV matbuot xizmati tasdiqladi.
Poʻlat Bobojonov 2017 yil sentyabrda Ichki ishlar vaziri boʻlgan. Ungacha Xorazm viloyati hokimi (2012-2017), Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori (2006-2012), Bosh prokuratura huzuridagi departament boshligʻi (2005-2006), Bosh prokuror oʻrinbosari (2000-2005) sifatida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi