
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi xabar qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Eshmatov Srojiddin Togʻaymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.

U bu lavozimda Shavkat Jumaqulovich Rahimov oʻrnida ish boshlaydi.
Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1999 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik lavozimidan boshlab, 27 yillik faoliyati davomida viloyat davlat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan avvalroq, Toshkent viloyati soliq boshqarmasida rahbar oʻzgargani, Kahramon Xoʻjayev oʻrniga Abdujalil Kurbanov yangi boshliq etib tayinlangani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar