
11 mart kuni 1997 yilda tugʻilgan fuqaro D.T. Neksiya rusumli avtomobili old qismiga noanʼanaviy tarzda osilib qolgan IIB xodimi bilan harakatlanib ketayotganda piyodalar tomonidan tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, 21 yoshli haydovchi Yoʻl harakati qoidalariga amal qilmay, 3.27 (toʻxtash taqiqlangan belgisi) hamda 4.1.1. (harakatlanish toʻgʻriga belgisi) belgilariga boʻysunmagan. Davlat raqami 40 P 143 NA boʻlgan avtomashina haydovchisi IIB xodimining ogohlantirishi va toʻxtatganiga ham eʼtibor qilmagan. Ayni paytda u qoʻlga olingan.
“Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan prokuratura tomonidan jinoiy ish ochilishi mumkin”, — deydi shahar IIBB matbuot kotibi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar