
“Sharqona lotto” lotereyasi “36 dan 6” oʻyinining 103-yutuqlar tirajida 839 126 400 soʻm yutib olgan omadli inson aniqlandi.
Yutuq sohibi Yalgashev Bahromning soʻzlariga koʻra, u “Omadlotto” va “Sharqona lotto” lotereyalarini muntazam ravishda oʻynab keladi. Bungacha 2 va 3 kategoriyalar boʻyicha yutuq sohibiga aylangan yurtdoshimiz bir kun kelib Jekpot sohibi boʻlishiga ham chin dildan ishongan.
Hamyurtimiz ushbu yutuqning bir qismini hayriya ishlariga sarf qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, yutuqning qolgan qismini esa bankka qoʻyish istagini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar