
Oʻzbekistonda firibgarlar ayol kishiga qora toshni 15 ming dollarga sotishdi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Yovuz niyatli shaxslar 43 yashar Maʼmura G.ga u brilliantlarni xarid qilayotganini aytishgan. Jinoyatchilar savdo ustida qoʻlga olingan.
Oʻzbekiston Markaziy Banki qoshidagi qimmatbaho metallar davlat agentligi probani aniqlash palatasi xulosasiga koʻra, jinoyatchilardan olib qoʻyilgan toshlar qimmatbaho emas va umuman hech qanday qiymatga ega emas.
Ushbu fakt yuzasidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi qoshidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar