
Oʻzbekistonda Ichki ishlar vazirligining bir qator vazifalarini Milliy gvardiyaga berish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Hozirda alkogolizm yoki narkomaniyadan majburiy davolanishga ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalari shartnoma asosida ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihada ushbu vazifani Milliy gvardiya zimmasiga yuklash taklif qilinmoqda.
Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va ular rahbarlarining shaxsiy qarorgohlarini qoʻriqlashni ham Milliy gvardiyaga berish taklif qilinmoqda.
“Doʻrmon” Milliy bogʻi hududini qoʻriqlashni ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan Milliy gvardiya vakolatiga oʻtkazish taklif qilinmoqda.
Maʼlumot uchun, Milliy gvardiya 2017 yil avgustida Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan edi. Joriy yil yanvarida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi IIVdan Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar