
Foto: Toshkent shahar IIB matbuot xizmati
Internet tarmogʻida Nexia avtomobilining (davlat raqami 40 P 143 NA) haydovchisi kapotida YPX inspektori bilan koʻcha boʻylab harakatlanayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
Haydovchi Fargʻona viloyatida yashovchi 21 yoshli T.D. boʻlib, u bir nechta yoʻl harakati qoidasini (“Toʻxtash taqiqlangan” va “Toʻgʻri yoʻl” belgilarida koʻzda tutilgan) buzgani holda YPX inspektorining toʻxtash haqidagi talabiga boʻysunmasdan, harakatlanishda davom etgan.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion-tahliliy dasturida maʼlum qilinishicha, hozirda qoidabuzarga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar