
Hukumat qarori bilan Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, “Ot pasporti” ot egasining xohishiga koʻra beriladi.
Naslli va sport otlarining auksionlarda, koʻrgazmalarda, milliy va klassik ot sporti oʻyinlarida, sport musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek otlardan xizmat otlari sifatida foydalanish ushbu pasport mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Naslli va sport otlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib borish va naslli otlarning Davlat naslchilik kitobini yuritish Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Ot pasporti”ni rasmiylashtirish uchun ot egasining oʻz mablagʻlari hisobidan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.
Toʻlangan toʻlov Yilqichilik va ot sportini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Mazkur pasport federatsiya buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi hamda naslli va sport otlarining butun umri davomida amal qiladi.
“Ot pasporti” 10 ish kunida rasmiylashtiriladi va ot egasiga taqdim etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar