date
views 4 710

Toshkentda mashinani oyogʻida boshqargan “Shumaxer” jarimaga tortildi (video)

Toshkentda mashinani oyogʻida boshqargan “Shumaxer” jarimaga tortildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzar haydovchi inomarka mashinasining tomiga oʻtirib olib avtomobilni boshqargani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, shu tarzda “tomosha” koʻrsatgan haydovchi aniqlanib, jarimaga tortilgan. 22 yoshli Muhammadxoʻja Yu. 12 martdan 13 martga oʻtar kechasi, soat 2:50da Toshkent shahridagi Shahrisabz koʻchasida “KIA Optima” rusumli mashinasida oʻzi va oʻzgalar hayotiga xavf tugʻdirib, “shoʻxlik” qilgan.

U Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 128-moddasiga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mashinani oyogʻida boshqargan “Shumaxer” jarimaga tortildi (video)