Foto: IIBB matbuot xizmati
Joriy yil 13 mart kuni soat 22.50 da ichki ishlar idoralariga 37 yashar Aʼzamjon Sh.dan Chilonzor tumanining Farhod koʻchasida oʻt oldirish kaliti bilan qoldirilgan Lacetti rusumli mashinasi olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati maʼlum qildi.
Uchtepa tuman patrul-post xizmati xodimlari tomonidan “Qoʻlga olish” rejasi eʼlon qilindi. Soat 23.10 da qidiruvga berilgan avtomobil va gumonlanuvchi tumanning 12-dahasida ekanligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi xodimlarning talabiga boʻysunmadi, harakatni davom ettirdi va yashirinishga urindi.
Shunga qaramay, mashina toʻxtatildi, gumonlanuvchi esa qoʻlga olindi. U Toshkent viloyatida yashovchi 33 yashar Bavurjon Yu. boʻlib chiqdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi