
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda juma namozidan keyin sodir etilgan qurolli bosqin oqibatida kamida 49 kishi halok boʻlgan. Shifoxonalarga 30 ga yaqin yarador yetkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar