2018 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-sonli qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, hokimlar, barcha darajadagi davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sogʻlikni saqlash muassasalari boshka byudjet tashkilotlari hodimlarini, taʼlim muassasa oʻqituvchilari va talabalarni majburiy mehnatga obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq hoʻjaligi ishlari, metall chiqindilar va makalatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va chek qoʻyishga, bunday holat roʻy berganda esa huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish vazifalari yuklatildi.
Qarorga muvofiq, umumxalq hasharini oʻtkazish yuzasidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud boʻlgan taqdirda, hasharda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik normalariga katʼiy rioya etgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etilishi va oʻtkazilishi mumkin.
Biroq avtomobil yoʻllari, harakatlanishi tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshoot tomlari, maxsus ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonning hayoti yoki sogʻligiga xavf tugʻilishi yuzaga keluvchi boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?