06:36 / 18.03.2019
5 954

Bosh prokuratura OAVda tarqalgan xabarni rad etdi: “MIB qayta tashkil etilmaydi”

Bosh prokuratura OAVda tarqalgan xabarni rad etdi: “MIB qayta tashkil etilmaydi”
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkiliy tuzilmasi oʻzgarishi haqida maʼlumot mavjud emas. Shuningdek, OAVda tarqagan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz maʼlum qildi.

“Ayrim internet-nashrlarda eʼlon kilingan maʼlumotlarda Byuro faoliyatidan aholi norozi boʻlayotgani uchun uni tugatish, Bosh prokuratura tasarrufidan chiqarib, Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tasarrufiga oʻtkazish yoki boshqa mustaqil tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatishi lozimligi kabi xech bir rasmiy asosga tayanmagan fikrlar bayon kilingan”, — deya taʼkidlanadi rasmiy axborotda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaning Kun.uzʻga bildirishicha, ayrim OAV Byuro faoliyatiga doir maʼlumotlarni joylashtirishda amaldagi qonunchilik talablarini inobatga olmayapti.

Taʼminotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar koʻrilmaganligi oqibatida isteʼmolchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada taʼminlanmagani, isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagani, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgandi.

Maʼlum qilinishicha, Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Sud departamentining 2015 yil noyabr oyidan 2017 yilning iyun oyiga qadar boʻlgan 19 oylik faoliyatida 17,8 trln. soʻm undirilgan boʻlsa, Byuro faoliyatining 19 oylik (2017 yil iyun-2018 yil dekabr) davrida 26,3 trln. soʻm undiruv amalga oshirildi va Byuro davrida undiruv 48 foizga oʻsgan. Hozirda Byuroning 1 nafar davlat inspektori “Oʻzbekenergo”, “Oʻztransgaz” va suv taʼminoti korxonalarini oʻrtacha 6 nafar nazoratchisining ish hajmini bajarmoqda.

Xuddi shunday, Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv isteʼmoli sohasida 42 trln. soʻm (gaz – 19,8 trln., elektr – 21,5 trln., suv – 1,2 trln.) soʻm mablagʻ undirildi.

Bu koʻrsatkich, Byuro tashkil etilmasdan oldingi koʻrsatkichga (2015 yil noyabr-2017 yil may) nisbatan (17,2 trln.) 21,3 trln. soʻmga yoki 100 foizga koʻp undirilganini anglatadi.

«Huquqbuzarliklarni fosh etish boʻyicha energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha 1 trln. 111 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 780 dan ziyod jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Albatta, toʻlov intizomini mustahkamlash orqali qarzdorlikni kamaytirish, energiya tarmoqlariga noqonuniy ulanish, sud va boshqa organ hujjatlarining ijrosini taʼminlash kabi vazifalarini bajarish Byuro xodimlariga oson kechmayapti.

Birgina, oʻtgan 2018 yilda Byuro xodimlariga nisbatan 167 ta xizmat vazifasini bajarishga toʻsqinlik qilish holatlari aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Afsuski, hatto xodimlarining 2 nafari oʻz vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.

Shunga qaramay, Byuro oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan yoki nojoʻya xatti-harakat sodir etgan xodimlarga nisbatan ham murosasiz munosabatda boʻlib kelmoqda.

Taʼkidlanishicha, Byuro tashkil topgandan hozirga qadar 1 ming nafardan ziyod boʻshatilgan xodimlarning 570 nafardan ortigʻi, aynan xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan sababli vazifasidan ozod etilgan.

“Byuroda sohadagi aniq mexanizm, ish samaradorligi, mehnat taqsimoti hamda undirilgan mablagʻlarning haqqoniyligi taʼminlash borasida, avval bulmagan bir qator zamonaviy kompleksli dasturlar «MIB portal”, “MIB inspektor” va hisobotlarning yagona portali kabi yangi Dasturiy tizimlar yaratilgan. Hozirda, bu kabi yangicha dasturiy tizimlar Byuro faoliyatiga tatbiq etish jarayoni davom etmoqda», — deya qoʻshimcha qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura OAVda tarqalgan xabarni rad etdi: “MIB qayta tashkil etilmaydi”