
Foto: UzNews
Toshkent viloyatida yengil avtomobil “Bukri koʻprik” yaqinidagi Gʻazalkent gidrouzeli kanaliga otilib tushib ketdi, deb yozadi UzNews voqea guvohiga tayanib.
Lacetti haydovchisi boshqaruvni eplay olmasdan, yoʻl yoqasidagi kanalga tushib ketgan. Hodisa 17 mart kuni taxminan 16:30 da sodir boʻlgan.
Avtomobil qurilish krani yordamida suvdan chiqarib olingan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan. Jabrlanganlar haqida xabarlar kelib tushmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar