
Qozogʻistonlik bloger Alisher Yelikbayev Facebookʻdagi sahifasida Oʻzbekiston militsiyasi haqida maqtovli post qoldirdi.
“Olmaota va Ostonada politsiya poytaxtning nomi oʻzgartirilishidan norozi boʻlganlarni ayovsiz qoʻlga olayotgan bir paytda, buxorolik militsiya xodimi Rustam bizga Minorai Kalon tarixi, qurilishi haqida soʻzlab berdi, mashhur Buxoro palovini qayerda tanovul qilish, kechki payt qayerlarga borish mumkinligini aytdi. Aslida bizni turmush oʻrtogʻimiz bilan suratga tushirib qoʻyishni taklif qilganimdan soʻng u bilan tanishib qoldik. Ha, men sizga yangi Oʻzbekiston haqida gapirib berayapman”, — deb yozgan qozogʻistonlik taniqli bloger.
Malik Karimovning qayd etishicha, Alisher Yelikbayev piar boʻyicha ekspert, Qozogʻistonning eng taniqli blogerlaridan va jamoatchilik fikriga taʼsir koʻrsatadigan vakillaridan biri boʻlib, shu kunlarda Navroʻz bahona Oʻzbekistonda sayohat qilmoqda. @davletovuzʻning taʼkidlashicha, qozoq blogerining Buxoroda boʻlib, Oʻzbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining yangi qiyofasi haqida shunday post qoldirishi Oʻzbekiston turizmi uchun eng yaxshi piardir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar