
Internetda bir necha shaxs shahardagi koʻngilochar maskanlardan birida mushtlashuv keltirib chiqargani tasvirlangan video tarqaldi.
Shu bilan birga, xabar qilinishicha, hodisa 3 mart kuni Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir boʻlgan. Bu mushtlashuvda oʻnlab yigitlar ishtirok etgan.
Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, ichki ishlar organlariga 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham na bu tumanda, na shaharning boshqa tumanlaridagi koʻngilochar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida hech qanday maʼlumot kelib tushmagan. Videoda tasvirlangan mushtlashuv oqibatida jabrlangan shaxslar haqida ham xabar yoʻq.
Biroq, IIBB xabariga koʻra, ushbu videoyozuv qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlashtirish hamda tafsilotlarni bilish maqsadida tekshiruv boshlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar