Oʻzbekiston karate federatsiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasov poytaxtda sayyor qabul oʻtkazgan Bosh prokuror Otabek Murodov bilan uchrashib, oʻziga nisbatan qasddan ayb uyushtirilgani, lavozimi kerak boʻlgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishganini maʼlum qilib, nohaq ayblovlarni fosh etishda undan yordam soʻradi. Bu haqda OʻzA maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuror masalani oʻz nazoratiga olishini, ishga aloqador barcha holatlar tekshirilib, huquqiy baho berilishini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvarida Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) rasmiy saytida Karate federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning jinoyatlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot berilgani va tergov jarayonida ushbu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topib, N.Nafasovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ish ochilgani toʻgʻrisida xabar bergandi.
Soʻng bu xabarga Bosh prokuratura rasman raddiya berib, Nurxon Nafasov hech qanaqa jinoyat ishida figurant emasligini bildirgan, shu bilan birga, MOQga aybsizlik prezumpsiyasi haqida eslatgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?