
Toshkentdagi oʻquv muassasalaridan birida oʻquvchi oʻqituvchi oldida parta ustiga chiqib raqsga tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Video dastlab “@__bekkhan__8” nikli foydalanuvchi tomonidan TikTok qisqa videolavhalar tarmogʻiga joylashtirilgan. Undan soʻng esa Odnoklassniki va Facebookdagi gruppalarga tarqalib ketgan.
Facebookdagi Xalq bilan muloqot guruhida ushbu video ostida bir zumda koʻplab salbiy izohlar qoldirildi. Aksariyat foydalanuvchilar ushbu maktab oʻquvchisining tarbiyasizligidan afsuslanib, maktablarda oʻqituvchilarga bolalarni qattiqroq jazolashga ruxsat berish kerakligini taʼkidlashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar