
Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish va keng targʻib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s boʻlgan Wi-Fi oʻrnatilgan (ichki resursida). Bu haqda Oʻzbekiston temir yoʻllari matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi kunda “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari boʻlgan yoʻlovchilar avtorizatsiyadan oʻtgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha Independent Telecom innovations IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron toʻlovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi, yaʼni NFC dasturini oʻrnatish koʻzda tutilgan. Ushbu loyihaga koʻra, uyali aloqada mavjud boʻlgan hisoblardan ham toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar