
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (243-son, 24.03.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qonunchilikka muvofiq, gaz taʼminoti maishiy isteʼmolchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega isteʼmolchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.
Maishiy isteʼmolchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.
Mazkur isteʼmolchilarga gaz maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.
Maʼlumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 soʻm, 2019 yil 1 iyundan 350 soʻmni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar