Departamentning Nukus shahar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahri, Ye.Alakoʻz koʻchasi boʻylab harakatlanib borayotgan 2 ta “DAMAS” rusumli avtomashinalar toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qoʻyilgan umumiy qiymati 233,9 mln. soʻmlik jami 19 687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi