14:54 / 29.03.2019
4 066

Xalq banki Boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi

Xalq banki Boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi
Xalq banki raisi Abdurasul Abdullayev boshqa ishga oʻtkazilgani munosabati bilan oʻz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — “Oʻzbekchorvanasl” agentligi direktori etib tayinlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etildi.

Qoʻmita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tashkil etildi.
Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan. 1991 yili Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi, “Ipoteka-bank” ATIB boshqaruvi raisi, “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014 yilda Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 11 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar bajarilishi bilan bogʻliq tashkiliy masalalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston bosh vaziri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy taʼminotiga toʻxtalgan va Xalq banki rahbari Abdurasul Abdullayevga tanbeh bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq banki Boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi