Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi 4ta oliy taʼlim muassasasidan ikkitasida rahbarlar oʻzgargan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan faollar yigʻilishi vaqtida Buxoro davlat universiteti rektori va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori ishdan olingan.
Manba maʼlumotiga koʻra, 2014 yildan buyon Buxoro davlat universiteti rektori vazifasida ishlab kelgan Abduqobil Abdunabiyevich Toʻlaganov lavozimini tark etgan.
Foto: Abduqobil Toʻlaganov
Ayni vaqtda uning oʻrniga Obidjon Hafizovich Hamidov yangi rektor etib tayinlangan.
Foto: Obidjon Hamidov
Obidjon Hamidov shu vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor sifatida ishlab kelayotgandi.
2013 yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori boʻlgan Ulugʻbek Turgudovich Muxamedxanov oʻrniga hozircha kim tayinlangani maʼlum emas.
Oʻz navbatida, Buxoro tibbiyot instituti rektori, professor Amrillo Inoyatov oʻz lavozimini saqlab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi