“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda barcha sohalarda yangi qonun va qarorlar qabul qilinmoqda va bu o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.
“Mening fikrimcha, jamiyatda fohishalikni va shunga tenglashtiriluvchi buzuqlik holatlarini kamaytirish uchun faqatgina fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas, balki shunda bevosita ishtirok etgan erkak yoki erkaklar uchun ham ma’muriy, jinoiy jazo choralari qo‘llanilsin, tegishli choralar ko‘rilsin”, - deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, dalil bilan ushlangan mazkur holat ishtirokchisi uchun birinchi marta sodir etilsa, jarima belgilash, ikkinchi marta sodir etilsa, 15 sutka ma’muriy qamoq, uchinchi martada 1 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish choralarini belgilash taklif qilingan.
“Bu choralarning qo‘llanilishi bu boradagi jinoyatchilik va turli salbiy illatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi