19:00 / 05.04.2019
3 984

«Katta tanishi»ni «orqa qilgan» hududiy rahbar ishdan olindi

«Katta tanishi»ni «orqa qilgan» hududiy rahbar ishdan olindi
Surxondaryo viloyati gazlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, Erkin Murodov ish faoliyatida mahalliychilik va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan.

Biroz avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Erkin Murodov o‘tkazgan majlislardan birida yozib olingan audio tarqalgandi. U «o‘ziga hech kim daxl qilolmasligi va yuqorida o‘zini qo‘llaydigan katta tanishlari borligi» haqida ochiq gapirgandi.

Qayd etish kerakki, 2018 yilning avgustida o‘tkazilgan «O‘ztransgaz» AJ hududiy gaz ta’minoti filiallari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun Surxondaryo viloyati gazlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgandi. Ammo u shundan keyin ham lavozimini saqlab qolayotgandi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Katta tanishi»ni «orqa qilgan» hududiy rahbar ishdan olindi