14:55 / 06.04.2019
4 935

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish osonlashdi (foto)

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish osonlashdi (foto)
2019 yil 1 apreldan haydovchilik guvohnomalarini haydovchi qayerda propiska qilinganidan qat’i nazar Davlat xizmatlari markazlarida almashtirishi mumkin.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkentda joylashgan 11 ta markazning 7 tasi zaruriy uskunalar bilan jihozlangan va ushbu markazlarda guvohnomalarni almashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Davlat bojining hajmi – EKIHning 70 foizi.

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, shuningdek, EKIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.

Shuningdek, joriy yilning 1 aprelidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun murojaat etishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilik guvohnomasini almashtirish osonlashdi (foto)