14:05 / 07.04.2019
4 071

Toshkent aeroportida “tilla kamar operatsiyasi” fosh etildi (foto)

Toshkent aeroportida “tilla kamar operatsiyasi” fosh etildi (foto)
«Toshkent-Aero» IBKning «Toshkent xalqaro aeroport» chegara bojxona posti xodimlari Aviatsiya xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda “Tilla kamar” operatsiyasini fosh etishdi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
«Toshkent-Dehli» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan A.A. yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Natijada, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda ushbu fuqaro kamarining o‘tkazgichi tilladan yasalib, bojxonachilar payqamasligi uchun qora rangga bo‘yalgani fosh etildi. Shuningdek, u oyoq kiyimlari ichiga ham tilla yashirgani aniqlandi.

A.A.dan olingan ashyoviy dalillarning vazni 200 grammni tashkil etib, umumiy qiymati 59 million so‘mga tengligi ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroportida “tilla kamar operatsiyasi” fosh etildi (foto)