Andijonning Buloqboshi tumanida yangi gaz koni topildi

Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Uchtepa” konining 7-qidiruv qudugʻida tabiiy gazning yangi manbasi topildi deb “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.
Hozirgi kunda mazkur hududdan sutkasiga oʻrtacha 300-350 ming kub metr tabiiy gaz chiqmoqda.
7-qidiruv qudugʻi 1350 metr chuqurlikkacha burgʻulangan. Endi 10 kun ichida tegishli parametrlarni (bosim, harorat, gaz tarkibi va hokazo) aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ushbu yangi gaz konining ochilishi Fargʻona vodiysi aholisini tabiiiy gaz bilan taʼminlash imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Izohlar 0
…