
2019 yil 7 aprel kuni soat 03:30larda Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan O.X. o‘zining “Nexia” rusumli avtomashinasini Turkiston mahallasi hududida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, fuqaro Z.B. boshqaruvidagi “KrAZ-355” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Nexia” yo‘lovchisi N.Z. jarohat olib voqea joyida, haydovchisi O.X. kasalxonada vafot etgan.
“Nexia” avtomashinasida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi M.S. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar