Foto: O‘zA
«E-IJRO AUKSION» Elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard so‘mdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qo‘yildi. Auksion joriy yilning 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan, deb yozadi O‘zA.
Auksionga qo‘yilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yig‘iladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 so‘m baholanayogan Triumph rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.
Foto: O‘zA
Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk bo‘lib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq «O‘rikzor» dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.
Foto: O‘zA
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ekti ham savdoga qo‘yilgani haqida ma’lumot berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi