
Bugun, 13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov YHXX xodimlari “Body camera” ishlatishni boshlash sanasi va ishlash tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Body camera” bo‘yicha barcha tender hujjatlari o‘tkazib bo‘lingan, yaqin kunlar ichida dastlabki foydalanish ishlari boshlanadi. Bu kameralar inspektor tomonidan uzluksiz ishlatilishi shart. Faqat zarur hollardagina 5 daqiqaga o‘chirilishi mumkin, bundan ortiq muddatga o‘chsa markazga xabar jo‘natiladi. “Body camera” ma’lumotlari bir oy davomida saqlanadi, zarur bo‘lganda, ya’ni bahsli vaziyatlar yuzaga kelganda so‘rovga ko‘ra ular bilan ham haydovchi, ham nazorat qiluvchi organlar tanishishlari mumkin.
Tezkor holatlarda IIBB mas’ul xodimlari bu kameralar ma’lumotlarini onlayn tarzda ham kuzatib turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar