
Bir o‘g‘ri ilonchining ilonini o‘g‘riladi. O‘ljasini o‘ziga g‘animat deb o‘yladi. Ilon juda zaharli edi. O‘g‘rini chaqib, qiynab-azoblab o‘ldirdi. Ilonchi o‘g‘rining o‘lganini eshitgach, uni o‘zining iloni chaqqanini angladi. O‘ziga o‘zi: “Men qancha iztirob chekkandim. O‘g‘rini topsam, ilonimni qaytarib olsam, deb duolar qildim. Allohga shukrki, duolarim qabul bo‘lmadi. Zarar deb bilganim, aslida, men uchun foydali ekan” dedi.
Qanchadan-qancha duolar borki, duo qiluvchi istagini xayrlik deb o‘ylaydi. Lekin u zararli bo‘ladi. Buyuk fazl va marhamat sohibi, cheksiz hikmat egasi Alloh taolo bandalariga mehribonligidan bu kabi duolarni qabul qilmaydi.
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar