
Toshkentda mast holda mashina haydagan haydovchi Nexia rusumli mashinani urib yubordi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Yo‘l patrul xizmati xodimlari mast haydovchini to‘xtatib, suhbat qilganida, u dastlab aybini tan olmagan. Keyin esa bo‘ysunmay qochib ketgan. Uni Milliy gvardiya xodimlari tutib keltirgan.
Jarima maydoniga kelishda haydovchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lib, mashinadan o‘zini tashlashga uringan. Milliy gvardiya xodimi uni qo‘llaridan mahkam ushlab qolgan.
Hozirda mast holda o‘z joniga qasd qilishga urinmoqchi bo‘layotgani uchun u tuman IIBga vaqtincha topshirilgan.
VIDEO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar