Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari belgilandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Soatbay haq to‘lashning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorga ko‘ra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi logopedi, logopediya shoxobchasi mudirlariga malaka toifasiga ko‘ra soatbay o‘tilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq to‘lanadi.
Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan.Shuningdek, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.
Bildirilishicha, avvallari soatbay haq to‘lash miqdori aniq miqdori ko‘rsatib kelingan va ularning miqdorini o‘zgartirish uchun har gal alohida hujjat qabul qilingan.
Yangi soatbay haq to‘lash miqdorlari foizda belgilandi. Bu o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshi oshganda, soatbay haq to‘lash miqdorlarining ham oshishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda