Joriy yildan o‘zbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakiliga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
«2018 yilda fuqarolarimiz uchun Haj ziyoratini amalga oshirish xarajatlari 38 million so‘mni tashkil etgan edi. 2019 yildan Saudiya Arabistonida barcha xizmatlarga 5 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i va mehmonxonalarga 2,5 foizlik soliq kiritildi. Shunga ko‘ra, bu yil haj ziyorati sarf-xarajatlari taxminan 42-43 million so‘m bo‘lishi kutilayotgan edi. Olib borilgan muzokaralardan so‘ng, haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirildi », — deyiladi xabarda.
2016 yilda O‘zbekistondan 5200 kishi muqaddas Haj amallarini ado etib kelgan bo‘lsa, 2017 yildan boshlab 7200 nafar o‘zbekistonlik Islom dinining muqaddas arkonlaridan birini ado etish imkoniga ega bo‘ldi.
Avval Umra ziyoratiga O‘zbekiston fuqarolari cheklangan kvota asosida yuborilgan bo‘lsa, o‘tgan yildan e’tiboran ularning yil davomida kvotasiz Umra ziyoratiga borish imkoniyati yaratildi.
«Haj-2019» mavsumidan so‘ng umra safari 1,3 millionga arzonlashtirildi. Shuningdek, «Haj-2018» to‘lovidan ortgan 926,5 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ har bir ziyoratchiga qaytarib berildi», — deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi