11:03 / 30.04.2019
3 786

Navoiyda «Damas»dagi gaz baloni portladi, jabrlanganlar bor

Navoiyda «Damas»dagi gaz baloni portladi, jabrlanganlar bor
2019 yil 26 aprel kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi F.N. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Varq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Buxoro-Toshkent” yo‘lining 154-km.da haydab ketayotgan vaqtida avtomashina salonidagi umumiy hajmi 40 litr maishiy gaz baloni chayqalishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgan.
Oqibatda avtomashina to‘liq yonib zarar ko‘rgan hamda avtomashinadagi 3 nafar yo‘lovchi kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda «Damas»dagi gaz baloni portladi, jabrlanganlar bor