14:12 / 01.05.2019
4 111

Toshkentda «tonirovka» uchun topshirilgan avtomashina hujjatlari qalbaki bo‘lib chiqdi

Toshkentda «tonirovka» uchun topshirilgan avtomashina hujjatlari qalbaki bo‘lib chiqdi
Lacetti (Gentra) avtomobilining oynalarini qoraytirishga ruxsat berishlari uchun hujjatlarini Toshkent shahar YHXBga topshirgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ta’kidlanishicha, haydovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga qonunga xilof ravishda o‘zgartirish kiritilgan bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXBga avtomashinasi hujjatlarini topshirgan 21 yoshli fuqaro o‘z aybini tan olgan. Aniqlanishicha, u o‘z avtomashinasi hujjatlarini qalbakilashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi (Qalbaki hujjatlar, shtamlar, muhrlar va blankalarni tayyorlash yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hujjat qalbakilashtirgan fuqaro eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdorida jarimaga yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlariga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «tonirovka» uchun topshirilgan avtomashina hujjatlari qalbaki bo‘lib chiqdi