
Foto: «Picdeer»
Suratda yurtdoshimiz aks etmagan, to‘g‘ri. Biroq u tushgan holat biz tomonlarga ham begona emas. Siz suratga emas, uning vositasida yozilgan quyidagi fikrlarga e’tibor qarating. Oldinda Ramazon...
Shoira va jurnalist Dilfuza Komil «Facebook»dagi sahifasida shunday yozadi:
«...Yordam berayotganingiz – faqir yoki nogiron sho‘rlikning uyiga kameralar, fotoapparatlar, hokimiyat va yana allaqaylarning vakillari bilan savlat to‘kib kirib borasiz, u sho‘rlikni ro‘paraga turg‘izasiz... Berayotganlaringizni kamera qarshisida ko‘z-ko‘z qilasiz, xuddiki bir bechoraga butun bir sarvatni hadya qilayotgandek: qo‘l siqishlar va hokazo qoidabozliklar...
Faqir sho‘rlik o‘zining ahvoli butun mamlakatga namoyish bo‘layotganidan ichida ezilarkan, siz qilayotgan ishingizdan g‘ururlanasiz!
Bunaqa muruvvat namoyishlari kimga kerak?!
Balki farosatingizning ozgina qismini ishlatib ko‘rarsizlar, muhtaram hisobot uchun saxovat ko‘rsatadiganlar».
Manba: Xabar.uz
YurtdoshimizRamazonDilfuza KomilFacebookYordam BerishMamlakat Ahvoli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar