
Ish yuzasidan Samarqandda safardaman, bahonada ota-onamni ham aylantirib kelay, deb ularni hamroh qilib olgandim. Samarqandga yaqin qolganda DAN xodimi to‘xtatdi, chetlab to‘xtadim. O‘zini tanishtirgan DAN xodimi boshini egib, avval otam bilan so‘ng onam bilan assalomu alaykum hoji ota va hoji ona deb ko‘rishdi.
So‘ng hujjatlarni ko‘rib: Behzod aka tepada 70 tezlik belgilangan joyda 78 yurib kameraga tushibsiz, dedi. Keling, deb o‘z mashinasiga o‘tkazdi, haqiqatda tushgan tezligimni ko‘rsatib, aka jarima yarimta minimalka, lekin yozmayman, mana kompyuterdan ham o‘chirvoraman, faqat tepalikdan pastlikka tushayotganda hushyor bo‘ling, tezlik muvozanatini saqlang, oq yo‘l dedi.
Men hangu mang turib qoldim, keyin kalovlanib, aka jarimani sizga to‘laymanmi yoki protokol yozib berasizmi, deb yana so‘radim. Bu safar YPX komandiri suhbatga qo‘shildi: aka bir tiyin pulingiz kerak emas, faqat tezlik muvozanatini saqlang, hoji ota va hoji onani duosini oling, hushyor yuring, ketavering dedi...
Rosti, dilxiralik holatlariga ko‘p tushganman, hatto boshqa maqsadda to‘xtatilib, boshqa ayb bilan jarimaga tortilgan vaziyatlarim ham bo‘lgan, lekin DAN xodimlaridan yuqoridagi kabi iliq munosabatni hech qachon kutmagan edim. Balki, bu ham hayotimizdagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarning ilk natijalaridir, balki shunchaki diyonatli xodimlar menga duch kelgandir yoki ular ishini chin dildan sevuvchi kishilardir yoki haydovchilarni tarbiyalashning shunday usuli test sifatida tatbiq etilayotgandir, bilmadim, lol qoldim.
Ushbu DAN xodimlari tilida, shoir aytganidek:”Bir og‘iz shirin jonning malhami” ekanligidan quvondim. Boshim osmonga yetdi. Bu DAN xodimlari ko‘pchilikka xushmuomalalik borasida o‘rnak bo‘lsa, ajabmas. Alloh, barchamizni o‘zi isloh qilsin.
Behzod Abdurahmonov
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar