3 862
Moliya vaziri O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunga izoh berdi
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etishning birinchi bosqichi deb atadi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».
Moliya vaziri 3 may kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida ma’qullangan «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi yuzasidan izoh berdi.
«Senat tomonidan ma’qullangan mazkur qonun tarixiy hodisa hisoblanadi. Sizga ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosi, bu — xususiy mulkchilik. Yerga nisbatan xususiy mulkchiliksiz bozor iqtisodiyoti to‘liq bo‘lmaydi», — dedi u.
Jamshid Qo‘chqorov hukumatning ushbu masaladagi pozitsiyasiga oydinlik kiritar ekan, yerni xususiylashtirishni juda murakkab masala ekanini ta’kidlab o‘tdi.
«Bu qonun muayyan darajada yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Birinchi navbatda qanday yerlar xususiylashtiriladi? Agarda menda korxona bo‘lsa va u muayyan uchastkada joylashgan bo‘lsa, u holda men ushbu yerni xususiylashtirish huquqiga ega bo‘laman. Yer uchastkalari va ularda joylashgan ob’ektlar birligi tamoyili mavjud. Kimdir yuridik shaxs faoliyat ko‘rsatayotgan yoki jismoniy shaxs yashayotgan yerni auksionga qo‘yishi va sotib olishi mumkin emas. Uy meniki, yer esa boshqaga tegishli — bunaqasi bo‘lmaydi», — dedi vazir.
Ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi hajmi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxslardan yer solig‘ining bir necha barobari miqdorida boj to‘lanadi.
Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, gap aholidan yerni xususiylashtirish uchun qandaydir katta miqdordagi mablag‘larni yig‘ish haqida ketayotgani yo‘q. Asosiy maqsad odamlar yerga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lishlari, yuridik va jismoniy shaxslar yerni oborotga qo‘yish, ya’ni garov sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi