
Mamlakatda Umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda, deb yozadi O‘zA.
9 may kuni poytaxtdagi Xotira maydoniga senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar yig‘ildi.
Soat 8:30da maydonga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi.
Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo‘yildi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar