date
views 3 943

Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirlandi

Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirlandi
9 may kuni Toshkentda bir guruh o‘zbek ziyolilari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «Mangu Turkiston» nomli ziyorat marosimlarini o‘tkazishdi.

Tadbir qatnashchilari istiqlol qahramonlari, ilg‘or g‘oyalar va erkinlik targ‘ibotchilari bo‘lgan Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlari, Abdulla Qodiriy va Mirtemir Mirabdullayev mozorlarini ziyorat etishdi.

Tadbir ishtirokchilari sovet tuzumi tomonidan qatag‘on qilingan jadid ziyolilarining portretlarini ko‘tarib, ularni xotirlashdi.

Ko‘kcha va Kamolon qabristonlarida marhumlarning haqiga Qur’oni karim tilovat qilinib, ular amalga oshirgan xayrli ishlar yodga olindi.
Shuningdek, shu kuni Toshkent shahridagi «Birodarlik qabristoni»da qatag‘on qurbonlari xotirlanib kichik aksiya ham tashkil etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirlandi