10:30 / 11.05.2019
3 333

Farg‘onada toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqariladi

Farg‘onada toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqariladi
Foto:«O‘zA»
Ayni kunlarda Farg‘ona shahrida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarish innovatsion loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizdagi qog‘oz xomashyosiga bir yillik ehtiyoj jami 350 ming tonna bo‘lsa, shundan 120 ming tonnadan ziyodi ofset va gazeta qog‘ozidir. Kitob, jurnal, gazeta, o‘quv daftari, ofis qog‘ozi va boshqa oq qog‘oz va bosma mahsulotlari aynan ofset va gazeta qog‘ozidan ishlab chiqariladi. Qog‘oz mahsulotlari asosan xorijdan olib kelinmoqda. Mazkur loyiha esa import o‘rnini kamaytirish, mahalliy xom ashyodan sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan ahamiyatlidir. Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev 25-27 aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagan.

Innovatsion loyihaning umumiy qiymati 7 million dollar bo‘lib, u Xitoyning «Ningbo Stone Paper Environmental Friendly Materials Co.LTD» kompaniyasi va «Sayqal» savdo ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona ishga tushgach, bir yilda bu yerda 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozovning aytishicha, qog‘oz tayyorlash jarayonida ekologiyaga hech qanday zarar yetmaydi, balki oddiy tosh yoki kalsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qog‘ozning sifati sellyuloza qog‘oznikidan butunlay farq qiladi. Biz yurtimizdagi qog‘oz xom ashyosiga bo‘lgan bir yillik ehtiyojni o‘rganib chiqilgan. Kitob, jurnal, gazeta, o‘quv daftari, ofis qog‘ozi va bosma mahsulotlari aynan ofset va gazeta qog‘ozidan ishlab chiqariladi. Matbaa korxonalarida asosan chet el qog‘ozlari ishlatiladi. Mazkur loyiha ishga tushgach esa, o‘zimizning mahalliy xom ashyodan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqariladi. Ichki bozor bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulotlar eksport qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqariladi